Ukrainaga 'yangi prezident kerak'mi, Rossiya o‘zi boshqariluvchi bombalarini ishga soldi, Saudiyaga yangi hujum – o‘zbekistonliklar ham 'yaralangan'. Video

Rossiya, AQSh va Ukraina prezidentlari.
Published
O'qilish vaqti: 4 daq

Dunyo, postsovet makoni va mintaqada nima gap – so‘nggi tafsilotlar.

Tramp nega 'yangi prezident'dan so‘z ochdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp
Surat tagso‘zi, Tramp aytishicha, Zelenskiy "dunyo uchun muammolar yaratishni istayapti".

Ukrainada prezident almashishining vaqti yetdimi?

AQSh prezidenti o‘zining fikrini aytdi.

Trampga ko‘ra, "buning vaqti yetgan".

"Ukrainada yangi prezident kelishi kerak".

Bundan avval Zelenskiy Trampni tanqid qilgan.

AQShning Rossiya bilan yangi kelishuviga o‘zining munosabatini bildirgan.

Mazkur yoqilg‘i bitimi oqibatlaridan ogohlantirgandi.

Skip podcast promotion and continue reading
BBC News O'zbek Obuna bo'ling!
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Yangi bitim millionlab tonna Rossiya dizel yoqilg‘isini AQShga yetkazib berishni ko‘zda tutadi.

Volodimir Zelenskiy fikricha, bu Rossiyaga qo‘l keladi.

Ukrainaga qarshi urushini davom ettirishi uchun ularni pul bilan ta’minlaydi.

Ukraina prezidentiga ko‘ra, bu "Putinga qilingan hadya"dir.

Tramp yangi prezident masalasida kecha, shanba kuni gapirgan.

AQSh prezidenti Oq uy tashqarisida jurnalistlar bilan muloqot qilgan.

Tramp aytishicha, Zelenskiy "dunyo uchun muammolar yaratishni istayapti".

"Rossiyaning neftni qayta ishlash korxonalarini hujumga tutishga izn berayapti".

AQSh prezidenti shunday derkan, "u buni bas qilsa, yaxshiroq bo‘lishi"ni ham ta’kidlagan.

Keyin esa Ukrainaga "murosaga boradigan yangi yetakchi kerak"ligi haqida so‘z ochgan.

Ukrainada hozir harbiy holat amal qiladi.

Bunga Rossiya 2022 yilda boshlagan bosqin sabab bo‘lgan.

Harbiy holat sharoitida esa saylovlar o‘tkazilmaydi.

AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi global yoqilg‘i ta’minotini jiddiy izdan chiqargan.

Eron strategik jihatdan muhim Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ygan.

Ho‘rmuzdan jahon neftining 20 foizchasi tashiladi.

Ukraina urushi ham jahon energetika bozoridagi keskinlikni kuchaytirgan.

Rossiya va Ukraina bir-birlarining energetika infratuzilmalari va naqliyot inshootlariga zarba berishga o‘tgan.

Rossiya dunyodagi yirik neft ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘ladi.

АҚШ президенти Доналд Трамп.
gettyimages
Zelenskiy ko‘plab kelishuvlarga erishishi mumkin edi, ammo negadir hech qachon bunday qilmaydi.
Donald Tramp
AQSH prezidenti (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Rossiya o‘zi boshqariluvchi bombalarini ishga soldi

Rossiyaning Zaporojega hujumi
Surat tagso‘zi, Bombalar shahar janubidagi turar-joy binolariga tekkan. Bunga hujum sathlarining biridan olingan tasvirlar ham dalolat qilgan.

Rossiya Ukrainani yana hujumga tutdi.

Bu gal Zaporoje shahriga zarba berdi.

Kamida 20 kishini o‘ldirdi.

Qurbonlar orasida bolalar ham bor.

Bu haqda mahalliy mulozimlari aytishmoqda.

Hujum kecha, shanba kuni amalga oshirilgan.

Rossiya o‘zi boshqariluvchi bombalarini ishga solgan.

Bombalar shahar janubidagi turar-joy binolariga tekkan.

Bunga hujum sathlarining biridan olingan tasvirlar ham dalolat qilgan.

Hujum o‘nlab kishini yaralagan.

Bedarak ketganlar ham bor.

Ular vayronalar ostida qolgan bo‘lishlari mumkin.

Hujumga Ukraina prezidenti ham munosabat bildirdi.

Bu yoqilg‘isi importiga qo‘yilgan sanksiyalarini yumshatgani uchun Rossiyaning AQShga "rahmati" ekanini aytdi.

Zelenskiy aytishicha, o‘sha tun o‘ndan ortiq mintaqalari Rossiya hujumi ostida qolgan.

Unga ko‘ra, hujum "Rossiya bosimning har qanday yumshatilishini bir signal sifatida qabul qilishi"ni ko‘rsatadi.

"Harbiy harakatlarimni davom ettirishim mumkin, deb o‘ylaydi".

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi o‘zining beshinchi yiliga kirib bormoqda.

Tramp saylov oldididan bergan eng muhim va’dalaridan birini bajara olmagan.

Uning "Ukraina urushiga bir kunda chek qo‘yish" va’dasi amalga oshmagan.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Saudiya Arabistoniga yangi hujum

Ar-Riyoddagi Qirol Xolid aeroporti
Surat tagso‘zi, Xabarlarga ko‘ra, hujum ortidan Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport faoliyati to‘xtatilgan.

Yangi hujum poytaxt Ar-Riyoddagi aeroportga uyushtirilgan.

Kecha, 10 oktyabr kuni yuz bergan.

Kamida 12 kishi qurbon bo‘lgan.

Yana yuzlabi yaralangan.

Bu haqda mahalliy rasmiylar ma’lum qilishgan.

Mas’ullarga ko‘ra, qurbonlar orasida xorijliklar ham bor.

Aeroportga hujum to‘rt saudiyalikdan tashqari ikki bangladeshlikni o‘ldirgan.

Yana bir nafardan AQSh, Iordaniya, Falastin, Suriya, Sudan va Misr fuqarosining umriga zomin bo‘lgan.

Yuzlab yaralanganlar orasida ham xorijliklar bor-yo‘qligi hozircha ochiqlanmagan.

Ammo shu soatlarda Toshkentdan raketa hujumida ikki nafar o‘zbekistonlikning jarohatlanganiga oid xabarlar olingan.

"Ularga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shifoxonaga olib borilgan".

"Tibbiy ko‘rik va zarur muolajalardan so‘ng ularning har ikkisiga ham shifoxonadan javob berilgan".

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziev ma’lum qilgan.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida aeroport hududida bo‘lgan yana 20 nafarga yaqin boshqa O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmagan".

"O‘zbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasi Saudiya Arabistonining tegishli idoralari bilan hamkorlikda vaziyatni kuzatib bormoqda".

Xabar tafsilotlari kelishda davom etmoqda.

Ziyorat, sayohat va tijorat ilinjida o‘zbekistonliklar ham Saudiya Arabistoniga ko‘p borishadi.

Xabarlarga ko‘ra, hujum ortidan Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport faoliyati to‘xtatilgan.

Saudiya Arabistoni hujumda Yamandagi husiylarni ayblagan.

Hujumni "urush jinoyati"ga tenglashtirgan.

Uni bejavob qoldirmaslikka va’da bergan.

Husiylar hozircha jim.

Ammo ular payshanba kungi aeroport hujumi o‘zlarining ishlari ekanligini aytishgan.

Bu hujum uch kishini o‘ldirgan.

Bir uchoqqa ziyon yetkazgan.

Hozir husiylar va Yaman hukumat kuchlari o‘rtasida janglar shiddatlashgan.

Yaman hukumat kuchlarini Saudiya Arabistoni dastaklaydi.

Hozir Ar-Riyodda nima gap - so‘nggi holat uchun videomizni ko‘ring. Link quyida ilova qilingan:

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod.
Surat tagso‘zi, Ziyorat, sayohat va tijorat ilinjida o‘zbekistonliklar ham Saudiya Arabistoniga ko‘p borishadi.

Shanba kungi hujum podshohlik tarixidagi eng qonli hujumlardan biri bo‘lgan.

Rasmiy Toshkent hujumni "qat’iy" qoralagan.

Bugun, 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqqan.

Saudiya Arabistoni Podshohligining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan.

O‘zbekiston tomoniga ko‘ra, "Tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi ob’ektlariga hujumlar xalqaro huquq normalarining jiddiy buzilishi hisoblanadi".

"Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart".

Rasmiy Toshkent bunday hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan.

"Barcha tomonlarni vazminlik ko‘rsatishga, keskinlikning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslikka" undagan.

"Kelishmovchiliklarni xalqaro huquq normalari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillariga muvofiq, muloqot va diplomatik vositalar orqali hal etishga qat’iy da’vat etgan".

Shu kunlarda O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ham murojaat bilan chiqqan.

Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bergan.

Murojaatda o‘zbekistonliklar parvozlar jadvalidagi ehtimoliy o‘zgarishlarni hisobga olishga chaqirilgan.

Ehtiyotkorlikka, tinchlik va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga undalgan.

Saudiya Arabistonining Yaman bilan chegarasiga yaqin bormasliklari tavsiya qilingan.

Zarurat tug‘ilganda, Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalari bilan bog‘lanishlari aytilgan.

Sim qoqishlari uchun telefon raqamlari ham ilova qilingan.

Ammo murojaatda "Saudiya Arabistonidagi ichki vaziyat barqarorligicha qolayotgani qayd etilgan".

"Jamoat xavfsizligiga tahdidlar yoki maxsus cheklov choralari haqida xabar berilmagani" ham ta’kidlangan.