Qozog‘istondagi mashg‘ulotlar paytida Kaspiy dengiziga oqib ketgan 14 nafar harbiy halok bo‘ldi - video

Mang‘istau viloyati hokimligi qutqaruv ishlari aks etgan suratlarni e’lon qildi.
Surat tagso‘zi, Mang‘istau viloyati hokimligi qutqaruv ishlari aks etgan suratlarni e’lon qildi.
Published
O'qilish vaqti: 2 daq

Qozog‘istondagi harbiy mashg‘ulotlar paytida Kaspiy dengiziga oqib ketgan 17 nafar harbiydan 14 nafari halok bo‘lgani tasdiqlandi. Yana uch nafari qutqarilgan.

25 sentyabr kuni bedarak ketgan ikki harbiyning jasadi topilgach, qidiruv ishlari yakunlangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qaevga ta’ziya bildirishdi.

Hodisa 24 sentyabr kuni Qozog‘istonning janubi-g‘arbidagi Mang‘istau viloyatida yuz bergan.

Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Qanat Bozumbaev Telegram'da 17 harbiy dengizga oqib ketganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "ob-havo sharoiti keskin yomonlashib, shamol kuchaygani sababli o‘quv-jangovar vazifani bajarish vaqtida" sodir bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Voqealar rivoji

Qutqaruv amaliyotlari

Biroq 22 sentyabrь kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligining Telegram sahifasida Kaspiy dengizining Qozog‘istonga tegishli qismida "Kaspiy himoyasi - 2026" harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgani haqida xabar paydo bo‘lgandi. Mashg‘ulotlarda 500 nafardan ortiq harbiy xizmatchi, jangovar kemalar va sohil bo‘linmalari ishtirok etayotgani aytilgan.

Payshanba kuni kechqurun Qozog‘iston Mudofaa vazirligi halok bo‘lgan 12 harbiyning ismlari keltirilgan ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga muddatli harbiy xizmatdagi 11 nafar matros va bir katta leytenant kiritilgan.

Lada.kz nashri e’lon qilgan kadrlarda qutqaruv ishlari aks etgan bo‘lishi mumkin. Kunduzi olingan kadrlarda hodisa joyida kuchli shamol hali ham esayotgani, qutqaruv ishlari olib borilayotgan dengiz hududida esa harbiy kema borligi ko‘ringan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qaev harbiylarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi va 25 sentyabrni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi.

"Kazinform" agentligi xabar berishicha, bosh vazir o‘rinbosari Bozumbaev hodisani tekshirish bo‘yicha komissiyaga rahbarlik qila boshlaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, "hodisa munosabati bilan vakolatli idoralar tomonidan allaqachon jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan".