O‘zbekiston: Shahrixonlik tadbirkorlar nimadan norozilar? Video

Shahrixon kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar

Surat manbasi, Андижон вилоят ҳокимлиги матбуот хизмати

Published
O'qilish vaqti: 3 daq

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi kichik sanoat zonasida faoliyat yuritadigan 38 tadbirkor bahsli ishni sudda yutib chiqqanlariga qaramasdan, biznes joylaridan ayrilishlari mumkin.

Shahrixon tumanidagi "Yangi Vahim"da 2021 yili ish boshlagan va bugun muammoga duch kelgan tadbirkorlar Bi-bi-si O‘zbek tahririyatiga murojaat qildilar.

Tadbirkorlarning aytishlaricha, 2021 yili Shahrixon hokimligi tashkil qilgan "Yangi Vahim"dagi "Yoshlar kichik sanoat zonasi"ga jalb qilinganlar.

Ularga "tezda qurilish boshlab, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yinglar" deb aytishgan.

Yosh tadbirkorlarning aytishlaricha, kichik sanoat zonasidagi ishga o‘z mablag‘larini tikkanlar, kreditlar olganlar, ishlab chiqarishni boshlaganlar, yangi ish o‘rinlari paydo qilganlar.

Yangi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayotgani, yangi ish o‘rinlari barpo etilayotgani xabarlarini Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati, mahalliy matbuot ham bir necha marta e’lon qilgan.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatining Telegram kanalidagi 2021 yil aprelidagi yangilik

Surat manbasi, Телеграм/Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати

Surat tagso‘zi, Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati 2021 yil aprelida Shahrixon yoshlar kichik sanoat zonasida poyabzal ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganini xabar qilgan

"Bizga ishlang, quring, ish o‘rinlari yarating deyildi — ishladik. Yer va hujjat masalasini hal qilinglar dedik — besh yil kutdik. Muammoni hal qilish o‘rniga esa tadbirkorga jarima qo‘llandi", deyishadi shahrixonlik tadbirkorlar.

Tadbirkorlarga, "kichik sanoat zonasining yeri qishloq xo‘jaligi yeri, shu sababdan bu yerdagi bizneslarni hujjatlashtirish mumkin emas", deb aytib kelishgan.

Endi esa, tadbirkorlarga ko‘ra, bu qurilishlar noqonuniy deb baholanib, ishlari rivojlanib qolgan tadbirkorlarni binolardan siqib chiqarish maqsadidagi bosimlar boshlangan.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Shahrixonlik tadbirkorlar so‘zlariga ko‘ra, muammo 2026 yil boshidan boshlangan.

Qurilish nazorat inspektsiyasi "noto‘g‘ri qurilish qilgansan" deb 38 tadbirkorning har birini 82 million so‘mdan jarimaga tortgan.

Tadbirkorlar sudga murojaat qiladilar.

2026 yil 8 iyul kuni sud Qurilish inspektsiyasi tomonidan qo‘llangan jarimani bekor qiladi, ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yana inspektsiyaga qaytaradi.

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Shahrixon Yoshlar kichik zonasida

Surat manbasi, Телеграм/Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати

Surat tagso‘zi, Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Shahrixon Yoshlar kichik zonasidagi tadbirkorlar bilan bir necha marta uchrashgan

Ammo, tadbirkorlar aytishlaricha, qurilish nazorati idorasi 30 iyul kuni yana jarima rasmiylashtiradi.

Shahrixonlik tadbirkorlar qator mas’ul idoralarga murojaat qilganlar.

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlarning muammolarini hal etishda yordam so‘rab O‘zbekiston Prezidenti adminstratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga murojaati ham tarqalgan.

Iqtibos

2021 yili butun O‘zbekiston bo‘ylab yoshlar kichik sanoat zonalarini barpo etish boshlangan, bu zonalar Andijon viloyatida 11 ming yangi ish o‘rinlari barpo etadi, deb xabar berilgan.

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning o‘zi Shahrixon kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar bilan bir necha marta uchrashgan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati tadbirkorlarning muammosi yuzasidan Andijon viloyati hokimligi, Shahrixon tuman hokimligiga murojaat qildi.