Super El-Nino kuchaymoqda: O‘zbekiston va Markaziy Osiyoni keskin o‘zgarishlar kutadimi?

Super El-Nino xaritasi va suv uchun duo qilayotgan o‘zbekistonliklar.

Surat manbasi, AFP via Getty Images/BBC

Surat tagso‘zi, Suvsizlik va qurg‘oqchilik kuchayib borayotgan O‘zbekistonga El-Nino noodatiy tabiat o‘zgarishlarini keltirishi mumkin.
Published
O'qilish vaqti: 4 daq

Dunyo qariyb 19-asrdan beri ilk bora bu qadar kuchli tarzda ro‘y berayotgan El-Ninoni xavotir bilan kuzatmoqda.

Tinch ummonida yuz borayotgan bu tabiat hodisasi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga ham jiddiy ta’sir qilishi kutilmoqda.

El-Nino o‘zi nima va nega butun aksar dunyo xavotirga tushgan? Bashorat va xavotirlar qanchalik asosli?

Markaziy Osiyodan uzoqda yuz ko‘rsatayotgan tabiat hodisasi O‘zbekiston va mintaqaga qanchalik kuchli ta’sir eta oladi?

Bir yarim asrda ilk bor

BBC
Bu misli ko‘rilmagan hodisa ekanligini aniq anglab yetishimiz lozim. Hech qachon prognozlarimizda bunchalik kuchli El-Nino alomatlarini kuzatmagandim.
Adam Skeyf
Tadqiqotchi

Ayni damlarda Tinch ummoni uzra bo‘y ko‘rsatayotgan El-Nino tabiat hodisasini hozir tirik biron inson zoti ko‘rmagan.

Bu super El-Nino bo‘lib, kelasi 2027 yili dunyo bo‘ylab ob-havoni o‘zgartirib yuborishi mumkin.

O‘zgartirganda ham ekstremal ob-havo kutiladi.

Mavjud iqlim o‘zgarishi oqibatlari va El-Nino bois 2027 yil hali tarixda bitilmagan darajada issiq yil bo‘lishi ehtimoli katta.

Ayrim joylarda jazirama issiq zabtiga olsa, boshqa yerlarda kuchli shamol va bo‘ronlar turishi mumkin.

Ba’zi mintaqalarda esa namgarchilik kuchayadi.

Mutaxassislarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab mavjud tabiat xususiyatlari allaqachon o‘zgarmoqda. Hindistonda musson yomg‘irlari odatdagidan kam, Atlantika ummoni uzra to‘fonlar pasaygandek.

"Bu misli ko‘rilmagan hodisa ekanligini aniq anglab yetishimiz lozim" - deydi Buyuk Britaniya Meteorologiya xizmati mutaxassisi Adam Skeyf.

"Hech qachon prognozlarimizda bunchalik kuchli El-Nino alomatlarini kuzatmagandim".

Yel-Nino nima?

El-Nino tabiiy yuz beradigan tabiat hodisasi. Odatda, u har 2-7 yil orasida ro‘y beradi.

Bu jarayonda Tinch ummoni bo‘ylab sharqdan g‘arbga esadigan passat shamollari zaiflashishi va hatto teskari tarafga esishi mumkin. Bu esa iliq suvlarning sharqqa qarab tarqalishiga yo‘l ochadi.

Ummondan osmonga issiqlik ko‘tariladi. Bu esa jahon bo‘ylab havo haroratini ham ko‘taradi va yog‘ingarchilik xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi.

Super El-Nino xaritasi.
Surat tagso‘zi, Super El-Nino Markaziy Osiyoga ham kuchli ta’sir etishi kutiladi.

Tinch ummonidagi muhim hududda suv yuzasi harorati hali yarim darajaga oshsa, olimlar El-Nino yuzaga kelganini e’lon qilishadi.

Hozir esa ayni ko‘rsatkich 0.5C emas, balki misli ko‘rilmagan 2C darajaga chiqqan.

So‘nggi prognozlarga binoan, El-Nino avjida chiqqan paytda bu 3C darajaga ham yetishi mumkin.

Mutaxassislar 19-asrdan beri bunchalik kuchli El-Nino bo‘lmagan, deb taxmin qilishadi.

Ummon tubidagi juda baland harorat - bu ba’zi holatlarda me’yordagidan 8C baland deyiladi - o‘ta kuchli El-Ninoni yaratishi mumkin.

Ayni voqelik rivojlanib borishi uchun bir necha oylar ketishi bildiriladi.

Hozirgi El-Ninoga iqlim o‘zgarishining ham ta’siri borligi borasida biron "dalil yo‘qligi" aytiladi.

Lekin, baribir, ushbu savol ustida bahslar mavjud.

Mintaqani nima kutadi?

Suv uchun duo qilayotgan namozxonlar.

Surat manbasi, AFP via Getty Images

Surat tagso‘zi, O‘zbekistonda ham oxirgi yillari masjidlarda suv so‘rab, duo qilish hollari kuzatilgan.
Skip podcast promotion and continue reading
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Hozirgi El-Nino dunyoning ba’zi hudularida qurg‘oqchilikni kuchaytirishi, ayrim mintaqalarda esa namgarchilikni oshirib yuborishi mumkinligi aytiladi.

El-Nino eng kuchli ta’sir qilishi kutilayotgan minatqalardan biri - Markaziy Osiyo.

Xaritaga binoan, mintaqada yog‘ingarchilik va namgarchilik kuchayishi ehtimoli katta.

Xaritaga qaraganda, bu O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston hududlarini qamrab oladi.

El-Nino ta’sirida bu joylarda kelasi yili yog‘ingarchilik kuchayishi mumkin.

Mintaqada yog‘ingarchilik ortib, namgarchilik kuchayishi mumkin.

Ayni paytda sellar va suv toshqinlari xavfi ham bo‘ladi.

Dunyo bo‘ylab ko‘plab mintaqalarda kuzatiladigan havoning haddan ortiq isishi ehtimoli ham yo‘q emas.

Ayrimlar, yomg‘ir yog‘ishi ko‘payishi ijobiy holat emasmi, deb so‘rashi mumkin.

Gap shundaki, haddan ortiq namgarchilik ham tabiat va qishloq xo‘jaligi uchun kutilmagan holat bo‘lsa, ekinlar hosildorligiga ta’sir qilib, quruq sharoitga mo‘ljallangan va ko‘nikkan sohlaraga zarar yetkazishi mumkin, degan xavotirlar bor.

Qozog‘iston va O‘zbekistonda yoz o‘ta issiq kelib, havo harorati yanada oshishi borasida ham bashoratlar bor.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Yog‘ingarchilik ortsa-da, uzoqqa cho‘ziladigan yozgi issiq davr mavjud muammolarni yanada kuchaytiradi.

Jazirama yoki chilla issig‘i uzoq cho‘zilsa, bu energiya tizimlariga bosim tashlashi, tuproqni quritib yuborishi va issiqqa bog‘liq kasalliklar ko‘payishi mumkin.

Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishi suv zaxiralari uchun ijobiy holat.

Ammo sellar va suv toshqinlari ko‘payib, infratuzilmaga qo‘shimcha bosim tushishi mumkin.

Toshqinlar va noodatiy yog‘ingarchilik bu holatga ko‘nikmagan ekinlarning o‘sishi va hosiliga salbiy ta’sir qilib, mol-qo‘y o‘tlaydigan yaylovlarga ham zarar berishi mumkin.

Odatdagidan ortiqcha yog‘ingarchilik may va sentyabr oralig‘idagi davrda kuzatilishi ehtimoli aytiladi.

Dunyo bo‘ylab yoqilg‘i va energiya narxlarining oshishi, mineral o‘g‘itlar bahosi o‘zgarishi, chorvachilik va transport tannarxi ortishi mintaqaga ham ta’sir etmaydi, deyish qiyin.