1995: Yoqilg‘isiz neft mustaqilligi va "cho‘ntak partiyalar"ning tug‘ilishi

Islom Karimov
Published

74 yil davom etgan sho'rolar asorati so'nggida qonsiz erishilgan mustaqillik O'zbekistonda "Ollohning in'omi", "eng ulug' va eng aziz ne'mat" sifatida e'zozlanadi.

Mamlakatning sho'rolar davrida Moskva tayinlagan rahbari, 78 yoshli Islom Karimov esa mustaqillikning rasmiy me'moridir.

Ammo o'zbek xalqi mustaqillikka erishgani holda, ozod va farovon hayotga erishmagani haqida afsus bilan gapirayotganlar ham oz emas.

Mustaqillik e'lon qilingan 1991 yilning avgustidan buyon dunyo XXI asrga, axborot va texnologiya asriga qadam qo'ydi, O'zbekiston esa o'z tarixini qaytadan yozib chiqishga ulgurdi.

BBC solnomasi mustaqil O'zbekiston tarixining yozilmagan sahifalarini ham o'z ichiga olgan.

Mustaqillikning to'rtinchi yili prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi.

O'zbekistonda ko'ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish tomon qadam tashlagandek bo'ldi: "Adolat" va "Milliy tiklanish" partiyalari tuzildi. Ammo aksar tahlilchilar ushbu partiyalarni "cho'ntak partiyalari" deb ataydilar.

O'zbekistonda hamon yoqilg'i taqchilligi kuzatiladi
Сурат тагсўзи, O'zbekistonda hamon yoqilg'i taqchilligi kuzatiladi

1995 yil g'alla va neft mustaqilligi e'lon qilindi. Biroq hali hanuz un va benzin chetdan keltiriladi.

◾BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

◾TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/2c00djI yoki BBCUZBEK

◾Instagram - BBC UZBEK

◾Twitter - BBC UZBEK

◾Odnoklassniki - BBC UZBEK

◾Facebook- BBC UZBEK

◾Google+ - BBC UZBEK

◾YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/2bHZ9nr)

◾Skype - bbcuzbekradio

◾bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring