1991 yil: O'zbekiston qarsaklarsiz mustaqil bo'lgandi

logo
Published

74 yil davom etgan sho'rolar asorati so'nggida qonsiz erishilgan mustaqillik O'zbekistonda "Ollohning in'omi", "eng ulug' va eng aziz ne'mat" sifatida e'zozlanadi.

Mamlakatning sho'rolar davrida Moskva tayinlagan rahbari, 78 yoshli Islom Karimov esa mustaqillikning rasmiy me'moridir.

Ammo o'zbek xalqi mustaqillikka erishgani holda, ozod va farovon hayotga erishmagani haqida afsus bilan gapirayotganlar ham oz emas.

Mustaqillik e'lon qilingan 1991 yilning avgustidan buyon dunyo 21-asrga, axborot va texnologiya asriga qadam qo'ydi, O'zbekiston esa o'z tarixini qaytadan yozib chiqishga ulgurdi.

BBC solnomasi mustaqil O'zbekiston tarixining yozilmagan sahifalarini ham o'z ichiga olgan.

1991 yil O'zbekiston xalqi SSSR tarkibida qolish uchun ovoz bergan. Ammo oradan bir necha oy o'tib, O'zbekiston mustaqillik e'lon qilgandi.

Yil oxirida esa Islom Karimov O'zbekistonning ilk prezidenti etib saylandi.

•BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

•TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

•Instagram - BBC UZBEK

•Twitter - BBC UZBEK

•Odnoklassniki - BBC UZBEK

•Facebook - BBC UZBEK

•Google+ - BBC UZBEK

•YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

•Skype - uzbekbbclondon

•bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring