AQSh qanday paydo bo‘ldi? Mustamlakalardan dunyo qudratiga aylanish tarixi. Video

Bugungi Amerika Qo‘shma Shtatlari dunyoning eng qudratli davlatlaridan biri hisoblanadi. Ammo XVIII asr o‘rtalarigacha bunday mamlakat mavjud emas edi. Hozirgi AQSh hududi bo‘ylab tarqalgan 13 ta britan mustamlakasi o‘zlarini Britaniya imperiyasining ajralmas qismi deb bilardi. Shuning uchun ham ularning bir kun kelib Londonga qarshi bosh ko‘tarib, mustaqil davlat tuzishi ko‘pchilik uchun tasavvur qilib bo‘lmaydigan holat edi.
Tarixchilarning aytishicha, AQShning paydo bo‘lishi birgina inqilob yoki bir necha siyosiy qaror natijasi emas. Bu jarayon qariyb uch asr davomida kechgan mustamlakachilik, iqtisodiy raqobat, siyosiy ziddiyatlar va urushlar mahsuli bo‘lgan.
Videosini tomosha qilish uchun quyidagi linkni bosing:
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post

Yangi Dunyo uchun kurash
Bu hikoya 1776 yilda emas, 1492 yilda boshlanadi.
O‘sha paytda Ispaniya Osiyo bilan savdo qilish uchun yangi va xavfsizroq yul izlaydi. Shimoliy Karolina universiteti professori Ketlin DyuValning aytishicha, Xristofor Kolumb Yevropadan g‘arb tomon suzib borib, Osiyoga olib boruvchi yangi yulni topishga harakat qiladi.
Ammo u va uning zamondoshlari bilmagan bir haqiqat bor edi: ularning yulida ulkan qit’a yotardi.
Kolumb Karib dengizidagi orollarga yetib keladi va Osiyoni topdim deb uylaydi. Tarixchi va kontent yaratuvchi Xalil Grin ta’kidlashicha, ommabop tasavvurlarga qaramay, Kolumb hozirgi AQSh materigiga hech qachon qadam quymaydi. Ammo uning sayohati insoniyat tarixini butunlay uzgartirib yuboradi.
Kolumbdan keyin Atlantika okeani orqali yangi yerlarga tomon yevropaliklar oqimi boshlanadi.
XVI asr oxiriga kelib Ispaniya Amerikaning janubiy hududlaridan katta boylik olib keladi. Oltin va kumush mamlakatni boyitadi, uni Yevropadagi eng kuchli davlatlardan biriga aylantiradi. Bu esa Angliyada ham qiziqish uyg‘otadi.
Ketlin DyuValning fikricha, Angliya monarxiyasi ham yangi dunyodagi boylikdan bahramand bo‘lishni istaydi.
1585 yilda inglizlar Amerikada mustamlaka urnatishga urinadi, ammo bu reja muvaffaqiyatsiz tugaydi. Shunga qaramay ular taslim bulmaydi. 1607 yilda yana bir bor harakat qilib, Virjiniyada Jeymstaun deb atalgan doimiy aholi punktiga asos soladi.
Shundan keyin Atlantika orqali minglab odamlar kela boshlaydi. Ba’zilar diniy erkinlik izlaydi. Boshqalar yangi hayot va boylik ortidan keladi.
Ammo bu jarayon mahalliy xalqlar uchun og‘ir oqibatlarga olib keladi.
DyuValning aytishicha, yevropaliklar olib kelgan chechak kabi kasalliklar mahalliy aholi orasida katta talofatlarga sabab buladi. Shu bilan birga qurolli tuqnashuvlar ham ko‘payadi. Vaqt utishi bilan ko‘plab mahalliy xalqlar o‘z yerlarini boy beradi yoki mustamlakachilar hukmronligi ostida yashashga majbur buladi.

Qullik va mustamlakalarning o‘sishi
Britaniya mustamlakalari kengaya boshlagani sari ularning iqtisodiyoti ham rivojlanadi. Ayniqsa tamaki yetishtirish katta biznesga aylanadi.
Biroq plantatsiyalarda ishlash uchun juda ko‘p mehnat kuchi kerak buladi.
Mustamlakachilar bu muammoni Afrikadan qullar olib kelish orqali hal qilishga harakat qiladi. Keyingi o‘n yilliklar davomida yuz minglab afrikaliklar o‘z yurtlaridan majburan Amerikaga olib kelinadi.
Xalil Grinning ta’kidlashicha, qullik Amerika iqtisodiyotining deyarli barcha sohalariga chuqur kirib boradi. Janubda u qishloq xujaligining asosiga aylanadi. Shimolda esa sanoat va maishiy xizmat sohalarida qullar mehnat qiladi.
Grinning fikricha, keyinchalik Amerika jamiyatini eng ko‘p qiynagan axloqiy savollardan biri ham shu buladi: erkinlik haqida gapiradigan mamlakat qullikni qanday oqlashi mumkin?
1732 yilga kelib Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi 13 ta mustamlakasi shakllanib buladi.
Biroq ular yagona jamiyat emas edi.
Ketlin DyuValning aytishicha, bu mustamlakalar iqtisodiyot, diniy qarashlar va ijtimoiy tuzilish jihatidan bir-biridan ancha farq qiladi. Hatto ular urtasida uzaro ishonchsizlik va salbiy munosabatlar ham kuzatiladi.
Shunga qaramay ularni birlashtirib turgan muhim omil bor edi. Ularning barchasi o‘zini britanlik deb his qiladi.
Shu sababli Amerika inqilobidan bir necha yil oldin bu mustamlakalar Britaniyaga qarshi birlashadi deb tasavvur qilish qiyin edi.
Soliqlar mojarosi va inqilobning boshlanishi

Hamma narsa 1750 yillarda asta-sekin o‘zgara boshlaydi.
Britaniya va uning Amerikadagi mustamlakalari Frantsiyaga qarshi yirik urush olib boradi. Urush g‘alaba bilan tugasa-da, mamlakatni katta qarz ostida qoldiradi.
London hukumati bu xarajatlarning bir qismini Amerika mustamlakalari qoplashi kerak deb hisoblaydi va soliqlarni oshiradi.
Bu qaror mustamlakachilar orasida norozilikni kuchaytiradi.
Ketlin DyuValning ta’kidlashicha, mustamlakachilar Britaniya parlamentida o‘z vakillari yo‘q ekaniga qaramay soliq to‘lashga majbur qilinayotganidan norozi buladi.
Norozilikning markaziga Boston shahri aylanadi.
1765 yilda shaharda soliqlarga qarshi chiqishlar boshlanadi. 1770 yilda esa Britaniya askarlari bilan tuqnashuv ruy beradi. Askarlar olomonga qarata o‘q uzadi va besh kishi halok buladi. Tarixga bu voqea "Boston qirg‘ini" nomi bilan kiradi.
Uch yildan keyin yana bir mashhur voqea sodir buladi. Bir guruh mustamlakachi Boston portidagi Britaniya kemasiga chiqib, yuzlab qutilardagi choyni dengizga tashlab yuboradi.
Bu harakat Britaniyaning soliq siyosati va savdo nazoratiga qarshi ochiq norozilik ramziga aylanadi. Keyinchalik voqea "Boston choyxo‘rligi" nomi bilan mashhur buladi.
1775 yilga kelib mojaro qurolli tuqnashuvga aylanadi.
Boston atrofida Britaniya askarlari bilan qurollangan mustamlakachilar urtasida otishma boshlanadi. Shu tariqa Amerika inqilobi deb ataladigan urush yulga tushadi.
Mustamlakalar Jorj Vashington boshchiligida armiya tuzadi.
Biroq DyuValning ta’kidlashicha, bu bosqichda ham ko‘pchilik mustaqillik haqida emas, Britaniya bilan munosabatlarni yaxshilash haqida uylaydi. Inqilob avvalo urush sifatida boshlanadi.
Mustaqillik g‘oyasining tug‘ilishi
Kichik bir orol qanday qilib butun bir qit’ani boshqarishi mumkin?
1776 yil boshida tom ma’noda burilish nuqtasi yuz beradi.
Tomas Peyn "Sog‘lom fikr" nomli risolasini nashr qiladi. Asar tezda qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketadi va butun mustamlakalar buylab tarqaladi.
Ketlin DyuValning aytishicha, Peyn odamlarga oddiy savol tashlaydi: "Kichik bir orol qanday qilib butun bir qit’ani boshqarishi mumkin?"
Bu g‘oya jamoatchilik fikrini uzgartira boshlaydi.
Oradan ko‘p utmay 13 ta mustamlaka vakillari Filadelfiyada yig‘iladi. Ular Virjiniya vakili Tomas Jeffersonga Britaniyadan ajralish haqidagi hujjat loyihasini tayyorlash vazifasini beradi.
1776 yil 4 iyul kuni Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinadi.
Shu tariqa Amerika Qo‘shma Shtatlari dunyo sahnasiga chiqadi.
Ammo Xalil Grinning ta’kidlashicha, bu g‘alabaning oxiri emas, balki boshlanishi edi.
"Mustaqillik deklaratsiyasini imzolash bilan hamma narsa hal bo‘lib qolmaydi. Aksincha, endilikda siz o‘z mustaqilligingizni saqlab qolish uchun kurash boshlaysiz", deydi u.

G‘alaba, Konstitutsiya va yangi davlatning shakllanishi
Urush yana bir necha yil davom etadi.
Britaniya qiroli qo‘zg‘olonni bostirish uchun Nyu-Yorkka o‘n minglab askar yuboradi. Amerikaliklar esa Frantsiya va Ispaniyadan yordam suraydi.
Xalil Grinning fikricha, boshqa Yevropa davlatlari ham Britaniyani zaiflashtirishdan manfaatdor edi. Shuning uchun ular yangi davlatni qo‘llab-quvvatlashga qaror qiladi.
Frantsiya va Ispaniyaning pul va qurol-yarog‘ yordami Vashington qo‘shinlariga katta ustunlik beradi.
Nihoyat, 1781 yilda Yorktaunda hal qiluvchi jang yuz beradi. Jorj Vashington Britaniya qo‘shinlarini qurshovga oladi. Britaniyaliklar taslim buladi va urushning taqdiri hal buladi.
Britaniya jamiyati ham bu vaqtga kelib urushdan charchagan edi. Xarajatlar ortib boradi, boshqa mustamlakalarni boy berish xavfi paydo buladi. Natijada London kurashni davom ettirishdan ko‘ra zararni cheklashni afzal ko‘radi.
Amerika mustaqilligini qo‘lga kiritgach, yangi davlat qurish vazifasi kun tartibiga chiqadi.
Amerikaliklar Konstitutsiya qabul qiladi va mamlakatni prezident boshqarishi haqida qarorga keladi.
1789 yilda Jorj Vashington birinchi prezident etib saylanadi.
Ketlin DyuValning ta’kidlashicha, aynan Konstitutsiya AQShning keyingi 250 yil mobaynida saqlanib qolishiga imkon yaratadi. Uning fikricha, inqilob yillaridagi vaqtinchalik boshqaruv tizimi uzoq yashay olmasdi. Vashingtonning bir ovozdan prezident etib saylanishi esa davlatga barqaror siyosiy asos beradi.
Keyingi ikki asr davomida AQSh kengayib boradi va qit’a miqyosidagi qudratli davlatga aylanadi. Ammo mamlakat bugun ham o‘zini anglashda inqilob davriga murojaat qiladi.
Mustaqillik, o‘zini o‘zi boshqarish va konstitutsiyaviy davlat g‘oyasi Amerika milliy o‘zligining markazida qoladi.
Shu bilan birga bu tarix faqat g‘alaba tarixi emas. U mahalliy xalqlarning fojiasi, qullik merosi, imperiyalar raqobati va siyosiy inqiloblar tarixi hamdir. AQShning kelib chiqishi haqidagi hikoyani murakkab va bahslarga boy qiladigan jihat ham aynan shunda.





























