Markaziy Osiyoga yo‘lbarslar qaytmoqda

Yo'lbars.

Surat manbasi, Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy zaxiralar vazirligi

Surat tagso‘zi, O‘tgan asrda yo‘qolib ketgan Turon yo‘lbarslari yashagan mintaqada Amur yo‘lbarslari ko‘payishiga umid qilinmoqda.
Published
O'qilish vaqti: 5 daq

Qozog‘iston yovvoyi tabiatga yo‘lbarslarni qaytarishni boshladi.

Rossiyadan keltirilgan Umid ismli urg‘ochi Amur yo‘lbarsi ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi. To‘g‘ri, u hozircha maxsus kuzatuv ostida, Ili-Balxash tabiat qo‘riqxonasida yashaydi.

Lekin kelasi yillarda Markaziy Osiyoda yo‘qolib ketgan yo‘lbarslar yana "tirilishi" kutilmoqda.

Umid keldi

Mintaqada azaldan Turon yo‘lbarsi yashagan. (Uni Mozandaron yo‘lbarsi, Fors yo‘lbarsi yoki Kaspiy yo‘lbarsi, deb ham atashadi).

Biroq Markaziy Osiyodagi Turon yo‘lbarsi o‘tgan asrda yo‘qolib ketgan.

Shu bois Rossiyadan Amur yo‘lbarsi keltirildi.

Mintaqaga yo‘lbarslarni qaytarish umidida Qozog‘istonga keltirilgan yo‘lbars ismi ham Umid, deb atalgan ko‘rinadi.

"Bu tarixiy kun" – o‘z hayajonini yashirmaydi Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy zaxiralar vaziri Yerlan Nisanbaev.

"Biz Turon yo‘lbarslarini qaytarish loyihasini amalga oshirishni boshladik. Tayyorgarlik ishlari uzoq kechdi, 10 yil davom etdi".

Umid Rossiyadan keltirilgan to‘rt yo‘lbarsning biri.

Uning yangi muhitga va tabiatga qanday moslashishi kuzatiladi.

Shunga qarab, qolgan uchta yo‘lbarsni ham qachon tabiatga qo‘yib yuborish borasida qaror beriladi.

"Bu yo‘lbars yashagan Rossiyadagi muhit biznikidan farq qiladi, lekin ayni shu joylarda qachonlardir shu yo‘lbarsning qarindoshlari, ya’ni Turon yo‘lbarslari yashashgan" – deydi Yerlan Nisanbaev.

"Shu bois bu yo‘lbarslar ayni hududda o‘zlarini yaxshi his qilishlariga ishonchimiz komil".

Yo‘qotilgan yo‘lbars

Reuters (screenshot)
Bu tarixiy kun. Biz Turon yo‘lbarslarini qaytarish loyihasini amalga oshirishni boshladik.
Yerlan Nisanbayev
Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy zaxiralar vaziri
Skip podcast promotion and continue reading
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Turon yo‘lbarslari bugun yo‘q.

Hali yaqin-yaqingacha ham O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Eron hududlarida Turon yo‘lbarslari yashagan.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, tarixan sharqda Xitoydagi Shinjon-Uyg‘ur bo‘lgasidan g‘arbda Kavkaz, Turkiya va Iroqqacha, shimolda Qozog‘istondan janubda to Afg‘onistongacha bo‘lgan ulkan hududlarda yo‘lbarslar bo‘lgan..

Lekin yo‘lbarslarni ovlash, ular yashagan tabiiy muhitning yo‘qolishi yo buzilishi hamda yo‘lbarslar ovlaydigan hayvonlarning kamayib ketishi ortidan Turon yo‘lbarsi ham yo‘qolgan.

Mintaqa tabiati eng yirik va og‘ir yo‘qotishlarga uchragan 20-asr Turon yo‘lbarslari uchun ham fojiali kechdi.

Sovet davridagi qishloq xo‘jalik siyosati, ya’ni qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish hamda tabiatga zarar yetkazadigan dehqonchilik yuritish mintaqadagi o‘simliklarga va hayvonot dunyosiga ta’sir etmay qolmadi.

Xususan, mintaqada qadimdan yashab kelgan Turon yo‘lbarslari ham yo‘qolib ketdi.

Ammo Markaziy Osiyo, Eron va Afg‘oniston xalqlari og‘zaki ijodida hamda tarixiy san’at yo rivoyatlarida yo‘lbars tasvirlari hamda obrazlari hamon uchraydi.

Qozog‘iston bugun Amur yo‘lbarslari timsolida ushbu purviqor jonzodlarni tabiatga qaytarmoqchi.

Amur yo‘lbarsi ham mohir ovchi va mintaqada unga yetadigan boshqa raqib hayvon yo‘q.

Ammo inson faoliyati tufayli yo‘lbarslar ovlaydgan jonivorlar kamaysa, yo‘lbarslar ham yashay olmay qolishi mumkin.

Markaziy Osiyo to‘qayzorlari, cho‘l, tog‘ va o‘rmonlarida yovvoyi yo‘lbarslar yashab ketishi, ko‘payishi uchun hali bir necha o‘n yillab vaqt kerak bo‘ladi.

Qozog‘iston mas’ullarining aytishicha, yo‘lbarslarni qaytarish jarayoni hali yana 25 yil davom etishi mumkin.

Tabiatni tiklash

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Qozog‘iston Markaziy Osiyo tabiati ekostizimini tiklash, yo‘qolib ketgan hayvonlarni tarixiy tabiiy muhitida qayta ko‘paytirish yo‘lida bir necha loyihalarga qo‘l urmoqda.

Mamlakat, masalan, o‘tgan yillar davomida qariyb qirilib ketayozgan sayg‘oqlarni ko‘paytirishga erishdi, lochinlarni qaytarish ishlari muvaffaqiyatli kechayotgani aytiladi.

Shuningdek, mintaqada ilgari yashab, o‘tgan asrda yo‘qolib ketgan yovvoyi otlar ham ochiq tabiatga qo‘yib yuborilmoqda.

Yaqinda yovvoyi tabiatda yo‘qolib ketgan ikkita ot 5000 kilometr uzoqdagi hayvonot bog‘idan Qozog‘istonga keltirildi.

Shara va Togs ismli bu ikki Prjevalskiy oti Buyuk Britaniyadagi Marvel hayvonot bog‘ida o‘sib ulg‘aygan.

Ularning endilikda Qozog‘iston yovvoyi tabiatida o‘z naslini davom ettirishiga umid qilinmoqda.

Yevropa hayvonot bog‘lari hozir yovvoyi tabiatda yo‘qolgan jonzodlarni qayta urchishini istab, bu yo‘lda sa’y-harakatlar olib borishmoqda.

Qadimiy otlar qaytdi - 31 iyul 2026

Otlar

Surat manbasi, Marwell Wildlife

Bir paytlar Osiyo dashtlari hamda kengliklarida yashagan Prjevalskiy otlari yovvoyi tabiatda oxirgi marta 1960 yillari kuzatilgan.

O‘shandan beri faqat bir necha o‘n nafari tutqunlikda, ya’ni hayvonot bog‘larida qolgandi, xolos.

Prjevalskiy otlari yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lib, 2014 yili ularning jami soni atigi 178 ta edi.

Otlar uzoq yillar Marvel hayvonot bog‘ida o‘rganilgan.

"Bu ajoyib otlarni yovvoyi tabiatga qaytarishga hissa qo‘shganimizdan juda ham faxrlanamiz" - deydi Britaniyadagi Marvel hayvonot bog‘i mutaxassisi Ian Gudvin.

"Hayvonot bog‘i 1972 yili ochilganda keltirilgan ilk jonivorlardan biri bu otlar edi va biz ularni yarim asrdan ko‘proq o‘rgandik".

Otlar

Surat manbasi, Marwell Wildlife

Qozog‘iston oxirgi yillari sayg‘oqlar sonini ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldi. Va bu sayg‘oqlar bugun O‘zbekiston hududlariga ham o‘tishadi.

Lochinlarni ko‘paytirish yo‘lida ham samarali ishlar olib borilgan.

Hatto mintaqa yovvoyi tabiatida yo‘qolib ketgan va yaqin-yaqinda ham O‘zbek yoki Qozoq xalq og‘zaki ijodida o‘rin tutgan yo‘lbarslar yovvoyi tabiatga qaytarilmoqda.

Mintaqada qor qoploni, oq tirnoqli ayiq, tog‘ arxari hamda tog‘ va sahro hududlarida yashovchi ohular kabi noyob hayvonlar saqlanib qolgan.

Marwell Wildlife
Bu ajoyib otlarni yovvoyi tabiatga qaytarishga hissa qo‘shganimizdan juda ham faxrlanamiz.
Ian Gudvin
Tadqiqotchi mutaxassis
Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Yo‘qotilgan dunyo

Qurigan dengiz tubidagi kema
Surat tagso‘zi, Orol dengizining qurishi ham mintaqadagi yovvoyi tabiatga salbiy ta’sir etgan.

Ammo 20-asrda bu hayvonlar yoki yo‘qolib, yoki o‘ta kamayib ketdi.

Nafaqat aholi maskanlari kengayishi, balki Orol dengizi qurishi, jonivorlar yashaydigan va ov qiladigan hududlarning paxtazorlarga aylantirilishi hamda tabiat sharoitlarining o‘zgarishi ham bunga sabab bo‘lgani ehtimoli katta.

Iqlim isishi esa yovvoyi tabiatga, xususan, jonzodlarga yanada kuchliroq tarzda salbiy ta’sir qilishi xavotirlarini uyg‘otmay qolmaydi..

Chunki ob-havo jadal o‘zgarib borsa, hayvonlar ham, ular iste’mol qiladigan o‘simliklar ham yangi iqlim sharoitlariga moslashishga ulgurmay qolishi ehtimoli yo‘q emas.

Masalan, Shimoliy-Sharqiy Afrika hamda Yaqin Sharqda ob-havo isishi ortidan hatto jaziramaga chidamli jonivor sanalmish tuyalar ham issiqqa dosh berolmay qolmoqda.

Afrikaning ayrim davlatlarida esa qoramol, qo‘y-echki yangicha issiq sharoitga moslasha olmayotgani bois, chorvadorlar ko‘proq tuya boqishga o‘tayotgandi.

Yovvoyi hayvonlar yashab qolishi, asosan, tabiatdagi shart-sharoitga bog‘liq bo‘ladi.

Kimsasiz keng cho‘llari yoki baland tog‘lari bois Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikistonda yovvoyi hayvonlar hano‘z tez-tez uchraydi.

Deylik, Bishkek shahrida haligacha yovvoyi qizil olmaxonni uchratish mumkin.

Ammo aholisi zich, ulkan yovvoyi hududlari paxtazorlarga aylantirilgan va Orol dengizi qurishidan hududining (foiz hisobida) salmoqli qismlari aziyat chekkan O‘zbekistonda ahvol boshqacha.

O‘tgan asr o‘rtalarida ham O‘zbekistonning kichik shaharlarida chiyabo‘ri, bo‘ri, tulki, toshbaqa yoki yovvoyi o‘rdaklarni uchratish mumkin bo‘lgan.

Bugun ayni hayvonlarni nafaqat shaharlar, hatto qishloqlarda ham ko‘rishingiz dargumon.

Muhofaza qilinadigan jonivorlar, asosan, qo‘riqxonalarda qolgan.

Qayta "tirilayotgan" jonzodlar

Ohular

Surat manbasi, Rasmiy/screenshot

Ayiq

Surat manbasi, Rasmiy/screenshot

Xuddi shunday vaziyatda, Qozog‘iston tabiatni qayta tiklashga intilmoqda.

O‘tgan yillari Qozog‘istonda yuz minglab sayg‘oqlar o‘lgandi, biroq ularning sonini ko‘paytirish imkoni bo‘ldi.

Bular orasida eng yirik loyihalardan biri - yovvoyi yo‘lbarslarni Qozog‘istonda qayta "tiriltirish" sa’y-harakatlari.

Xususan, sayg‘oqlarni asrash va ko‘paytirish yo‘lida o‘zbeklar ham qozoq qo‘shnilari bilan birga ish olib borishmoqda. Bu ohular tarixan O‘zbekiston hududlarida ham yashagan.

Qozog‘iston keng dalalarini Afrika savannalari kabi turli yovvoyi jonivorlarga boy tabiatga aylantira oladimi? O‘zbekistonning bu boradagi harakatlari qanchalik samara bera oladi?

Bu savollarning javoblari birgina bu davlatlar boshlagan loyihalarga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin.

Iqlim o‘zgarishi allaqachon sezilayotgan, Orol dengizi qurishi asoratlari bilan kurashishga mahkum bo‘lgan mintaqa uchun qadimiy yovvoyi tabiatni tiklash oson kechmasligi ham aniq.

Bu uchun rejali maqsad, ko‘p mablag‘, kuchli istak-iroda, uzoq vaqt va jamiyatda qo‘llov ham zarur.