You’re viewing a text-only version of this website that uses less data. View the main version of the website including all images and videos.
BBC News, O'zbek - Bosh sahifa
Bosh maqola
Urush vaziri. Pentagon rahbari va Erondagi operatsiyaning bosh targ‘ibotchisi - Pit Xegset kim?
So‘zlarini tanlab o‘tirmay gapiradigan AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegset Erondagi urushning birinchi oyida dunyoning asosiy media shaxslaridan biriga aylandi. Urush olib borish qoidalarini «safsata» deb atagan Fox News sobiq teleboshlovchisi Pentagonga idorada katta o‘zgarishlar qilish va’dasi bilan kelgan. U «shishirilgan apparat», inklyuzivlik siyosati va jurnalistlarga qarshi urush e’lon qilgan. Biroq, jamoatchilik xotirasida Eronga qarshi urushi bilan qoladiganga o‘xshaydi.
Eronda AQSh qiruvchi uchog‘i urib tushirildi. Bedarak uchuvchini topish uchun kurash ketmoqda - (Video)
AQSh F‑15Ye qiruvchi uchog‘i Eron havosida urib tushirilgach, qidiruv-qutqaruv guruhi uning ekipaj a’zolaridan birini qutqardi, deb xabar beradi Amerika ommaviy axborot vositalari. Uchoqdagi ikkinchi ekipaj a’zosi taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda, lekin CBS News rasmiylarga tayanib, qidiruv davom etayotganini aytdi. Eron davlat televideniesi uchoqning ba’zi qoldiqlarni topganini da’vo qilmoqda va hozirda uchoq qoldiqlarining tasvirlarini namoyish etmoqda. Eron ekipaj a’zosini qo‘lga olgan kishiga mukofot berishini aytgan.
Suv ortiq iqlim muammosi emas, Markaziy Osiyo uchun xavfsizlik masalasi
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan suv forumi ekspertlari ogohlantirishlaricha, suv bundan buyon Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yolg‘iz iqlim muammosi emas, balki xavfsizlik masalasiga aylanadi.
O‘zbekiston: Sabzi Milliy Bank bilan sudlashayapti, Ukraina urushidagi ishtirok uchun 3 yillik qamoq, Starlink taqiqi yomon qonunmi?
Amsterdam & Partners LLP e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, SOLFY va O‘zbekiston Milliy Banki o‘rtasida muhokamalar davom etib turgan bir vaqtda SOLFY O‘zbekiston bosh direktori Hasanov O‘ktam to‘satdan yarim tunda ushlangan.
Falastinliklar G‘arbiy Sohilda yahudiy kelgindilar zo‘ravonligi kuchayib borayotganini aytmoqdalar
Eron urushi boshlanganidan keyin isroillik yahudiy kelgindilarning Falastin qishloqlariga hujumlari kuchaygani kuzatilmoqda.
O‘zbekistondagi norozilik turlari: daraxtga chiqib olish yo chiqindi tashlash. Hamda Xorazmda qo‘lga olingan yirik onlayn firibgarlar guruhi
Daraxtga chiqish orqali Oliy sud raisi bilan uchrashuvga erishildi. Namanganda to‘lib ketgan chiqindilarga qarshi norozilikning yana bir g‘ayrioddiy turi qo‘llandi. Xorazmda onlayn firibgarlar qo‘lga tushdi.
Kiberxavfsizlik mutaxassisi: O‘zbekistonda ma’lumot asosan ichkaridan sizdiriladi, sohani esa organdan chiqqanlar boshqaradi
“Katta odamga taalluqli xususiy bankning juda katta lavozimli odamining qo‘lida bojxona bazasidagi ma’lumotlarni ko‘chada ko‘tarib yurganini ko‘rganman. Bu butun O‘zbekiston bojxonasiga taalluqli ma’lumot. Buni nima qilasiz desam, u dediki: “Buni o‘rganib chiqamiz, qaysi firma yo kompaniyaning importi va eksporti, tovar oboroti qancha ekanini ko‘ramiz, shunga qarab turib, hech narsani bilmagandek o‘sha firmaga murojaat qilamiz va yaxshi takliflar qilib o‘zimizga og‘diramiz.”
Eron urushi xalqaro nizolar bo‘yicha me’yorlar ostin-ustun bo‘lganini ko‘rsatmoqda
AQShning energetika infratuzilmasiga nisbatan tahdidlari va Eronning Fors ko‘rfazidagi qo‘shnilariga qaytargan javob zarbalari vaziyatning tubdan o‘zgarganidan dalolat beradi.
Toshkentdagi bayonot, Bishkekdagi hibs va Ostonadagi "temir odamlar"
Eron elchisi Toshkentda kimning o‘limi haqidagi xabarlarni "yolg‘on" deb atadi? Qirg‘izistonning sobiq xavfsizlik rahbari nega IIVga chaqirildi va uning ukasi nega qo‘lga olindi? Ostonada ishlab chiqariladigan robotlar mahalliy tilni tushunadimi?
BBC News O‘zbek WhatsApp
O‘zbekiston, mintaqa, dunyo yangiliklari hamda tahlil va munosabat
O‘zbekiston
Mintaqa
Dunyo
Faqat bizda
Muharrir tanlovi
Eron urushi: O‘zbekiston harakatlari nimani anglatadi?
Eron urushi manzarasida O‘zbekiston tutayotgan yo‘l qanchalik xavfsiz yo maqsadli?
O‘zbekiston: Toshkent hokimini o‘zboshimchalikda ayblayaptilar
Faollar va ishbilarmonlar Toshkent shahri ma’muriyatini O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan mulk daxlsizligi bandini poymol etishda, o‘zboshimchalik bilan tadbirkorlar mol-mulkini vayron etishda ayblamoqdalar.
Trampning Eron urushini tugatish bo‘yicha 15 bandli rejasi qanday va Tehron uni nega rad etmoqda?
Tramp Eronda “kerakli odamlar” bilan gaplashayotganini aytmoqda, ammo Tehron bunday muzokaralar olib borilmayotganini bildirmoqda.
Taniqli jurnalist va so‘z erkinligi kurashchisi Karim Bahriev 64 yoshida vafot etdi
Karim Bahriev o‘z ijodida va siyosiy faoliyatida muntazam ravishda so‘z erkinligiga urg‘u berib kelgan. Ayniqsa, uning 2000 yillar boshida yozgan "So‘z erkinligi haqida so‘z" kitobi o‘z davri uchun katta shov-shuv bo‘lgan edi.
Bu qo‘ziqorinni yegan odamlar ko‘ziga mitti odamchalar ko‘rinadi, bu qanday sir?
Har yili Xitoyning Yunnan viloyatidagi kasalxona shifokorlari g‘alati shikoyatlar bilan kelgan bemorlar oqimiga tayyor turadi. Bemorlar juda ajabtovur alomatlar bilan keladi: ular ko‘zlariga eshiklar tagidan o‘tayotgan, devorlarda o‘rmalayotgan va mebellarga yopishib olgan mitti, elfsimon jonzotlar ko‘rinayotganini aytishadi.
AES qurilishi: Qozog‘iston uchinchi sherik izlamoqda, O‘zbekiston qurilishni boshlab yubordi
Markaziy Osiyoda Rossiya ishtirokida AES qurilishi borasida ikki muhim xabar chiqdi. Qozog‘iston loyihaga uchinchi sherik izlayotgani ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston esa qo‘shimcha kelishuv imzolab, ishni boshlab yubordi.
O‘zbekiston: Kimsasiz Andijon adirini yolg‘iz o‘zi o‘rmonga aylantirayotgan odam (Video)
"O‘zbekistonga qaytib kelgan paytlarimda ijtimoiy tarmoqlarda mintaqada suv tanqisligi kuchayib borayotgani haqidagi ma’lumotlarga ko‘p duch keldim. Bu mavzu meni qiziqtira boshladi: Mintaqamiz suv muammosidan qanday chiqishi mumkin, Qirg‘iziston tog‘laridagi muzliklar nega tez eriyapti, kelajakda iqlim qanday bo‘ladi, olimlar qanday prognoz beryapti", — deydi Otabek Nuritdinov Bi-bi-si bilan suhbatda.
Yangilanmoqda. Eron urushi: Trampning yana bir gapi butun dunyo bozorini ag‘dar-to‘ntar qildi
23 mart kuni Vashingtonda tong otishi bilan Tramp Eron bilan yaxshi muloqot qilgani haqida post e’lon qilgani yana neft narxining keskin tushishi, aktsiyalarni yuqoriga sakrab ketishiga sabab bo‘ldi.
Eronning bombardimon qilinishi butun dunyo bo‘ylab qanday aks sado berdi
Bu asosan ikki yetakchining istagi bilan boshlangan urush edimi? Uning mintaqa barqarorligi va global xavfsizlikka tahdidi qanday? Siyosiy o'yinlar, vayron bo'lgan shaharlar va jadal o'zgarib borayotgan dunyo iqtisodiyoti haqidagi to'liq tahlil bilan batafsil tanishib chiqing!
Sun’iy idrok qanday qilib Rossiya dezinformatsiyasini yanada quvvatlantirmoqda?
Xavfsizlik ekspertlari ogohlantirishicha, G‘arb hukumatlari onlayn dezinformatsiyaga qarshi samarali kurash olib borishi uchun yetarli jihozlarga ega emas.
BBC O‘zbek TV Dasturi
Afg‘oniston uchun O‘zbek tilida TV dasturlar arxivi Yangi videolar https://www.youtube.com/@bbcnewsuzbek