Jahon chempionati-2026: O‘zbekiston bilan o‘yin tugadi, Kolumbiya 'K' guruhining yaqqol peshqadamiga aylandi. Video

Abbosbek Fayzullaev va Krishtianu Ronaldu

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Bu o‘yin natijasi har ikki milliy terma jamoa uchun birdek muhim.
Published
O'qilish vaqti: 11 daq
Hozir Namangan viloyati safarida bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev.

Surat manbasi, rasmiy

Surat tagso‘zi, O‘zbekiston prezidentining Portugaliya-O‘zbekiston o‘yinini qaerda, qanday tomosha qilishi, Namanganda yana qancha bo‘lishi hozircha ma’lum emas.

Portugaliya va O‘zbekiston o‘yini tugadi.

Portugaliya uchrashuvni hujumkor o‘yin bilan boshladi.

Bu dastlabki daqiqalardayoq o‘zining samarasini bermay qolmadi.

Portugaliya sardori Krishtianu Ronaldu 6-daqiqadayoq o‘yinda hisobni ochdi.

Hozircha hisob Portugaliya 1-0 O‘zbekiston.

O‘zbekistonga qarshi to‘pi bilan Krishtianu Ronaldu olti jahon chempionatida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.

Bu uning jahon chempionatidagi to‘qqizinchi goli bo‘ldi.

Portugaliya ustma-ust hujum uyushtirishning uddasidan chiqmoqda.

Shu daqiqalarda, uchrashuvning 17-daqiqasida Portugaliya hisobda yanada oldinga chiqib oldi.

Nunu Mendesh Portugaliyaning ikkinchi to‘pi muallifiga aylandi.

O‘zbekistonning raqib himoyasini yorib o‘tish urinishlari hozircha o‘zining samarasini bergani yo‘q.

Uchrashuvning 1-qismi yarmidan o‘tib bormoqda.

Xuddi shu daqiqalarda O‘zbekiston hisobni qisqartirishning uddasidan chiqqandek bo‘ldi.

Ammo birinchi bo‘limning 29-daqiqasida o‘zi debyut qilayotgan jahon chempionatida kiritgan ikkinchi to‘pi VAR dan keyin hakam tomonidan bekor qilindi.

Hakam o‘yinda Abbosbek Fayzullaev tomonidan qoidabuzarlik qilingan, deb topdi.

Uchrashuv birinchi qismining so‘nggi daqiqalarida O‘zbekiston o‘yinda faollashdi.

Ammo xuddi shu daqiqalarda qarshi hujumga o‘tgan Portugaliya o‘yinda hisobni 3:0 ga yetkazdi.

Krishtianu Ronaldu bitta o‘yinda qo‘shaloq to‘p muallifiga aylandi.

"K" guruhidan keyingi bosqichga chiqishda esa har bir milliy terma jamoa uchun to‘plar nisbatidagi farq muhim.

Bu O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ilk, Portugaliyaning esa to‘qqizinchi ishtiroki va ketma-ket yettinchi marta jahon chempionligi uchun kurashi.

Hakam o‘yinning birinchi bo‘limiga 5 daqiqa qo‘shib berdi.

O‘zbekistonning birinchi bo‘limning yakunida hujum uyushtirish urinishlari samara bermadi.

Shu daqiqalarda Krishtianu Ronalduning hisobni 4:0 ga yetkazish harakati Abduqodir Husanov tomonidan chippakka chiqarildi.

Ammo Portugaliya tarixiy natija qayd etdi, bir jahon chempionatida o‘yinning birinchi bo‘limida birvarakayiga uchta to‘p urishning uddasidan chiqdi.

O‘yinning birinchi bo‘limi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yinda tanaffus.

Poytaxt Toshkentda Portugaliya-O‘zbekiston o‘yiniga ishqibozlik. Surat shu daqiqalarda "Xumo" arenasida olingan:

"Xumo" arenasi
"Xumo" arenasi
"Xumo" arenasi
"Xumo" arenasi
"Xumo" arenasi
"Xumo" arenasi

2-bo‘lim boshlandi

Har ikki jamoa ham ikkinchi bo‘limni saflarida o‘zgarishlar bilan boshladi.

Portugaliya ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalaridanoq yana hujumga o‘tdi.

Ammo O‘zbekiston darvozasini nishonga olish urinishi besamar yakunlandi.

Shu daqiqalarda Abbosbek Fayzullaev Portugaliya darvozasini nishonga olishga urindi, amma samarasiz.

Portugaliya guruh bosqich saralash bellashuvlarining 1-tur uchrashuvida Kongo bilan durang o‘ynagan, O‘zbekiston esa Kolumbiyaga yutqazgan.

Portugaliya 3-0 O‘zbekiston, uchrashuvning ikkinchi bo‘limi o‘zining 60-daqiqasiga kirib bormoqda.

O‘zbekiston xuddi shu daqiqalarda Krishtianu Ronalduning hisobni 4:0 ga yetkazish urinishini chipakka chiqdi.

Ammo oradan qisqa vaqt o‘tmayoq, Portugaliya yanada oldinga chiqib oldi, avtogol.

O‘yin davom etarkan, bu "K" guruhida qayd etilgan eng yirik hisob bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasida hozir ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor, ammo buning uchun so‘nggi o‘yinda Kongoni yengishi shart.

Shu daqiqalarda Krishtianu Ronaldu ustma-ust O‘zbekiston darvozasini zabt etish, xet-trik qilishga urinib ko‘rdi, ammo bunga muvaffaq bo‘lmadi.

Hozircha Argentina milliy terma jamoasi sardori Lionel Messi bu galgi jahon chempionatida xet-trik qayd etgan yagona futbolchi bo‘lib turibdi.

Portugaliya-O‘zbekiston, uchrashuv yakunlanishiga 15 daqiqadan ko‘proq vaqt qoldi.

Shu daqiqalarda Abbosbek Fayzullaev o‘rniga Igor Sergeev maydonga tushdi.

Terma jamoa sardori Eldor Shomurodovning Portugaliya darvozasini zabt etish urinishi esa samara bermadi.

Uchrashuv tugashiga sanoqli daqiqalar qolmoqda.

O‘zbekistonlik muxlislarning ishqibozliklari esa angliyalik futbol sharhlovchilarining ham diqqatini tortmay qolmadi.

Xuddi shu daqiqalarda Portugaliya hisobni 5:0 ga yetkazdi.

Portugaliyaning 5-to‘pini Rafael Leao o‘zining hisobiga yozdi.

Beshta to‘pidan uchtasini Portugaliya birinchi bo‘limda kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Hisobidagi to‘plar nisbati bilan "K" guruhining yakka peshqadamiga aylandi.

Amerikaning "Hyuston" stadionidagi o‘yin esa o‘zining poyoniga yetib bormoqda.

Hakam o‘yinga 4 daqiqa qo‘shib berdi.

Har ikki milliy terma jamoa uchun muhim bo‘lgan uchrashuvning so‘nggi daqiqasida ham Krishtianu Ronaldu xet-trik qilishga urinib ko‘rdi, ammo so‘nggi urinishi ham chippakka chiqdi.

Guruhning Kolumbiya va Kongo ishtirokidagi ikkinchi uchrashuvi esa shu soatlarda poyoniga yetdi.

Bu o‘yinda ham Kolumbiya Kongoni yengdi: 1-0, o‘zi uchun navbatdagi muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi, hisobidagi 6 ochko bilan "K" guruhining yaqqol peshqadamiga aylandi, o‘zi uchun keyingi bosqichga chiqish vazifasini hal qildi, guruh bosqich o‘yinlarida ketma-ket g‘alaba qayd etgan yagona jamoaga aylandi.

Kolumbiya guruhdagi so‘nggi uchrashuvini Portugaliyaga qarshi o‘ynaydi. Portugaliya hisobida hozircha 4 ochko bor, ammo guruhning eng to‘purar jamoasi bo‘lib turibdi.

So‘nggi - uchinchi tur bellashuvlari oldidan qolgan O‘zbekiston ilova "K" guruhidagi qolgan uch terma jamoa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi.

Muhim o‘yin

Portugaliya va O‘zbekiston shu paytgacha hech qachon bir-biriga qarshi to‘p surmagan.

O‘zbekiston prezidenti hozir Namanganda ekaniga qaramay, jamoaning bugungi o‘yinini ham ko‘rmoqchi.

Shu soatlarda olingan xabarlarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga uchrashuvni kutayotganligini aytgan.

O‘zbekiston rahbari, "nima bo‘ladi, deb bugun ham uyqusi kelmayotgani"ni ham yashirmagan.

"Baribir, birinchi g‘alabamiz, bayrog‘imiz hilpiragani bu - Vatanimizning dunyo hamjamiyati bilan teppa-tengligidan dalolat", degan.

Har ikki milliy terma jamoa uchun ham birdek muhim bo‘lgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan kechki soat 22:00 da boshlandi.

O‘zbekiston prezidenti jamoaning Kolumbiyaga qarshi ilk o‘yinini ham nazardan qochirmagan.

Rasmiy xabarlarda Shavkat Mirziyoyevning ushbu tarixiy uchrashuvni poytaxt Toshkentda, oilasi bilan birga ko‘rgani aytilgan.

O‘zbekiston murosasiz kechgan o‘yinda Kolumbiyaga o‘yinni 1:3 hisobida boy bergan bo‘lsa-da, o‘zining ilk ishtirokidayoq jahon chempionatidagi birinchi golini urgan.

Shavkat Mirziyoyev o‘yindan keyin bu golni ham o‘zlari uchun "g‘alaba"ga qiyos bergan.

O‘zbekiston prezidentining Portugaliya-O‘zbekiston o‘yinini qaerda, qanday tomosha qilishi, Namanganda yana qancha bo‘lishi hozircha ma’lum emas.

Ammo rasmiy xabarlarda Shavkat Mirziyoyevning Namanganda ekan, joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar va joriy qilingan ilg‘or yechimlar bilan tanishishi aytilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining yana Xalqaro maqom festivalining ochilish marosimida ishtirok etishi ham rejalashtirilgani bildirilgan.

Shu soatlarda O‘zbekiston va o‘yin bo‘lib o‘tajak hammezbon Amerika Qo‘shma Shtatlari qolib, dunyoning turli davlatlarida milliy terma jamoaga ishqibozlikni boshlab yuborganlarga oid videolar ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshlagan.

Shavkat Mirziyoyev Portugaliya va Kongoga qarshi guruhdagi so‘nggi ikki uchrashuvi oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga allaqachon omad tilab bo‘lgan.

O‘zbekiston prezidentining tilagi Toshkent yaqinda mezbonlik qilgan yirik Xalqaro Investitsiya forumi chog‘ida yangragan va jahon chempionatining mamlakat uchun ahamiyatiga dalolat qiluvchi yana bir kuchli omil o‘laroq ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga tortgan.

Portugaliya-O‘zbekiston uchrashuvi mintaqada ham katta qiziqishlarga sabab bo‘lgan.

Bu o‘yinni ko‘rish uchun maxsus tadbirlarga qo‘l urilayotganiga oid xabarlar ham olingan.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga chiqishi butun mintaqada aks-sado bergan.

Jamoaga mintaqa bir bo‘lib, bahamjihat ishqibozlik qilayotgani, hatto, alohida tahliltalab holat, voqeaga ham aylangan.

"Olg‘a, O‘zbekiston" - prezident Mirziyoyev terma jamoaga omad tiladi - videoni ko‘rish uchun ilova qilingan linkni bosing.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 1
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 1

O‘zbekistondan "faxr"dami?

O‘zbekistondan butun dunyo O‘zbeklari 'faxrda"mi?

O‘zi ham futbolchi bo‘lgan afg‘onistonlik O‘zbek Abdul Bosit Benavo xuddi ana shunday fikrda.

'Biz O‘zbekistonni qo‘llaymiz. Yashasin, O‘zbekiston milliy terma jamoasi', - deydi hozir Norvegiyada bo‘lgan futbolchi.

Abdul Bosit nima qilsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga qarshi yaxshi natija qayd etishini ham aytadi.

Afg‘oniston O‘zbekistondan keyin dunyoning O‘zbeklar eng ko‘p yashovchi ikkinchi davlati bo‘ladi.

Videoni ko‘rish uchun ilova qilingan linkni bosing:

O‘tkazib yuboring YouTube post , 2
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 2

O‘yinni mintaqa ham ko‘ryapti

Poytaxt Bishkekdagi bugungi manzara.
Surat tagso‘zi, Bishkek shahridagi o‘yinning jonli translyatsiyasi namoyish etiladi.

Qirg‘izistondan olingan rasmiy xabarlarga ko‘ra, Bishkekda Portugaliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi futbol uchrashuvini onlayn tomosha qilish uchun fan-zona tashkil etiladi.

Bishkek shahridagi o‘yinning jonli translyatsiyasi namoyish etiladi.

Bu haqda Bishkek shahar hokimligi ma’lum qilgan.

Aytilishicha, shaharda katta ekran o‘rnatiladi va istalgan muxlislar o‘yinni birgalikda tomosha qilib, bayramona muhitda jamoalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniga ega bo‘ladi.

Soat 21:20 da qirg‘iz estradasi yulduzlari ishtirokida ko‘ngilochar dastur boshlanadi.

Soat 22:00 dan 23:00 gacha o‘yin oldidan tahlil va sharhlar bilan jonli efir namoyish etiladi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, shahar hokimligi poytaxt aholisi va mehmonlarini mazkur tadbirda ishtirok etishga, kechani yaqinlari davrasida o‘tkazib, katta futbol muhitidan bahramand bo‘lishga chaqirgan.

Tadbir munosabati bilan ayrim ko‘cha va chorrahalarda, hatto, avtotransport harakati vaqtincha cheklanishi ham aytilgan.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek.
Surat tagso‘zi, O‘zbek futboli uchun bugun Bishkekda ayrim ko‘chalarda avtomobil harakati to‘xtatilayapti, deydi Qirg‘izistondagi muxbirimiz.

Muhim o‘yin

Ikki raqib terma jamoa ilk bor jahon chempionati doirasida bir-biriga qarshi maydonga tushadi.

Portugaliya va O‘zbekiston ishtirokidagi "K" guruhi saralash bosqich bellashuvlarining 2-tur uchrashuvi ertaga, 23 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib o‘tadi.

Bu o‘yin natijasi har ikki milliy terma jamoa uchun birdek muhim.

Guruh favoriti sifatida ko‘rilgan Portugaliya 1-tur uchrashuvida Kongo bilan durang o‘ynagan.

Bu yilgi jahon chempionatining to‘rtta debyutantidan bittasi bo‘lgan O‘zbekiston esa, ilk o‘yinini Kolumbiyaga yutqazgan.

2-tur uchrashuvlari arafasida guruhdagi har to‘rt jamoa ham keyingi bosqichga chiqish imkonini saqlab turibdi.

Yangi tartib-qoidalarga muvofiq, bundan tashqari, bu yilgi jahon chempionatida o‘z guruhida eng yaxshi natija bilan uchinchi o‘rinni egallagan 8 milliy terma jamoa ham jahon chempionligi uchun kurashini davom ettira oladi.

O‘zbekiston tushgan xuddi shu guruh ko‘pchilik futbol mutaxassislari tomonidan "O‘lim", ya’ni eng og‘ir guruhlardan biriga ham qiyos berilgan.

O‘zi ilk bor ishtirok etayotgan jahon chempionatining yangi sensatsiyasiga aylanishi uchun esa O‘zbekiston qolgan ikki uchrashuvida mag‘lub bo‘lmasligi kerak.

O‘zbekiston Kolumbiyaga qarshi birinchi uchrashuvida matonatli o‘yin ko‘rsatgan va ilk o‘yinidayoq jahon chempionatidagi dastlabki to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Birinchilik arafasida o‘zining tartibli, intizomli himoyasi bilan maqtalgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi xuddi shu uchrashuvi misolida o‘zining hujumkor o‘yin ko‘rsatishga ham qodirligini ko‘rsatgan.

Portugaliyaning Kongoga qarshi o‘yini va unda qayd etgan natijasi esa, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarida keyingi bosqichga chiqish umidini yanada kuchaytirmay qolmagan.

O‘zbekiston Bosh murabbiysi Fabio Kannavaro esa, futbolchi ekanida, Italiya milliy terma jamoasi bilan birga Portugaliyani uch bor mag‘lub etgan.

O‘zbekistonning guruhdagi so‘nggi ikki muhim uchrashuviga mezbonlik qilayotgan AQSh esa dunyoning o‘zbekistonliklar ko‘p davlatlaridan biri bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi videolari esa, chipta va AQSh vizasi bilan bog‘liq muammolarga qaramay, milliy terma jamoaning o‘yinini stadionning o‘zidan tomosha qilish ishtiyoqidagi o‘zbekistonliklar soni kam emasligiga dalolat qiladi.

Shu kunlarda O‘zbekistondan borgan muxlislarga AQShda yashayotgan ayrim o‘zbekistonliklarning doshqozonda o‘nlab kilo palov qilib bergani ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortgan.

Amerikada O‘zbekistondan borgan muxlislar uchun osh - bunaqasi bo‘lmagan. Videoni ko‘rish uchun ilova qilingan linkka kiring.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 3
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 3

Bo‘lajak raqib

Portugaliya milliy terma jamoasi

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Portugaliya halicha biror marta jahon chempionligini qo‘lga kirita olmagan.

Portugaliya Yevropa va jahonning eng ko‘zga ko‘ringan jamoalari sirasiga kiradi.

Joriy paytda FIFA reytingida yuqori o‘nlikdan joy olib turibdi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining uzoq yillik ishtirokchilaridan biri.

Bu galgisi jamoaning birinchilikdagi to‘qqizinchi ishtiroki.

Krishtianu Ronaldu kabi saflarida yulduz futbolchilari kam emas.

Yevropaning top klublarida to‘p surayotgan o‘yinchilari ko‘p.

Ammo Portugaliya halicha biror marta jahon chempionligini qo‘lga kirita olmagan.

Bir bor birinchilikning yarim va yana bir marta chorak finallariga chiqqan.

Orada yana uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni ham egallagan.

Dunyoning eng nomdor va sovrindor futbolchilaridan biri bo‘lgan Portugaliya milliy terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu esa o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga bevosita tanish.

Yulduz futbolchi 2000 yilda Toshkentga kelgan, uning o‘shanda O‘zbekiston poytaxtida bergan mahorat darslari o‘ziga minglab odamni jalb qilgani, 8 ming kishilik "JAR" stadioni odamlar bilan "to‘lib-toshib" ketgani ham xabar berilgan.

Krishtianu Ronaldu Angliyaning "Manchester Yunayted", Ispaniyaning "Real"ida to‘p surgan paytlarida ham O‘zbekistonda o‘ziga ozmuncha muxlis orttirmagan.

Portugaliyaga qarshi ertangi uchrashuv shunisi bilan ham allaqachon O‘zbekistonda uzoq kutilgan va tarixiylaridan biri sifatida baho topib ulgurgan.

Angliyaning boyvachcha "Manchester Siti"sida to‘p suruvchi Abduqodir Husanov esa, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirgan.

Jamoa saflarida Italiya va Rossiyaning ayrim nomdor klublarida to‘p surib ketgan Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev kabi sara o‘yinchilari ham bor.

O‘zbekistonning jahon chempionatidagi o‘yinlari poytaxt Toshkentda katta ekranlar orqali ham olib uzatiladi, o‘ndan ortiq rasmiy fan-zonalarigacha tashkil qilingan.

Eng asosiy va eng katta maydon sifatida "Bunyodkor" stadioni tanlangan, u bir vaqtning o‘zida 10 mingga yaqin muxlisni sig‘dira oladi.

Portugaliyaga qarshi ertangi o‘yin Toshkent vaqti bilan kechki soat 22:00 da boshlanadi.

Bugun, 22 iyun kuni esa, Portugaliya-O‘zbekiston o‘yini kuni Toshkent metrosi ish vaqti uzaytirilishiga oid xabarlar ham olingan.

Futbol muxlislari uchrashuvdan so‘ng o‘z manzillariga xavfsiz, tezkor yetib borishlari uchun 23 iyunda metropoliten tungi soat 01:00 gacha ishlashi aytilgan.

O‘zbekiston zo‘r o‘ynadimi - videoni ko‘rish uchun ilova qilingan linkka kiring.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 4
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 4

Toshkentda kayfiyat qanday?

"Bunyodkor" stadioni

Alibek Beyjanov,

Toshkent, BBC

O‘zbekistonning jahon chempionatidagi eng asosiy o‘yini sifatida ko‘rilayotgan Portugaliya bilan uchrashuv oldidan o‘zbekistonlik futbol muxlislari kuchli hayajonda.

Superyulduz Ronaldu ko‘pchilik o‘zbekistonliklarning sevimli yulduzi bo‘lsa-da, ular Vatan jamoasining g‘alabasiga yoki durang o‘yindan umid qilmoqda.

BBC bilan gaplashgan futbol ixlosmandi Umar O‘zbekiston-Portugaliya o‘yiniga hali bir kun qolgan bo‘lsa-da, hozirdanoq butun vujudi bilan hayajonda ekanini aytadi.

"1:0 hisobida yutamiz, Ronaldu uchun achinarli bo‘ladi, lekin Xudo xohlasa, yutamiz", – deydi u.

Yana bir futbol muxlisi Ilhom esa ertangi o‘yin qiyin bo‘lishini taxmin qilyapti.

"Ertaga stadionda har bir santimetr uchun kurash bo‘ladi. Jamoamizdan g‘alaba kutamiz", – deydi Ilhom.

Yana bir futbol ixlosmandi Islom esa O‘zbekiston terma jamoasining g‘alabasini yoki durang natijani xohlasa-da, Portugaliya kuchli jamoa ekanini, o‘zi xohlayotgan natijaga erishish ehtimoli past ekanini tan oladi.

Mamlakat bo‘ylab millionlab muxlislar o‘z uylarida, stadionlar, restoranlar, parklar va hatto choyxonalarda ham ekranga ko‘z tikishadi.

Toshkent qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

Videoni ko‘rish uchun ilova qilingan linkni bosing.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 5
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 5

Umidlar va tilaklar

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat milliy terma jamoasini jahon chempionatiga tantanali kuzatish marosimi chog‘ida.

Surat manbasi, rasmiy

Surat tagso‘zi, Kolumbiyaga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro Investitsiya forumida ekaniga qaramay, jamoaning ruhini ko‘tarib chiqqan.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, jamoaning o‘yinlarini poytaxt Toshkentdan turib shaxsan O‘zbekiston prezidentining o‘zi ham kuzatib bormoqda.

Kolumbiyaga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro Investitsiya forumida ekaniga qaramay, jamoaning ruhini ko‘tarib chiqqan.

O‘zbekiston prezidenti futbolchilar juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatganini ta’kidlagan.

"Birinchi jahon chempionatidagi birinchi gollari ham o‘zlari uchun g‘alaba" ekanini aytgan.

Shavkat Mirziyoyev ularni "vatanparvar, fidoyi va O‘zbekistonning haqiqiy qahramonlari", deb atagan, bo‘lajak o‘yinlari oldidan omad tilagan.

"Farzandlarim, qahramonlarim ko‘p narsaga qodir ekanliklarini ham bildirishdi. Shuning uchun ham faqat omad tilaymiz biz. Olg‘a, O‘zbekiston", - deya o‘zining so‘zlariga yakun yasagan.

O‘zbekistongacha qolgan biror bir Markaziy Osiyo davlati futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiqa olgan emas.

O‘zbekiston yana bu galgi birinchilikda bellashayotgan yagona postsovet davlati.

Milliy terma jamoa 1992 yilda futbol bo‘yicha Osiyo O‘yinlari g‘olibligini ham qo‘lga kiritib, katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.

Osiyo Kubogi final bellashuvlarining ham doimiy ishtirokchisi.

Jamoa orada Osiyo chempionatining yarim finaliga chiqib, qit’aning to‘rtta eng kuchli jamoasidan bittasiga ham aylangan.

Portugaliyaga qarshi muhim o‘yin oldidan O‘zbekiston Futibol Uyushmasi milliy terma jamoa Bosh murabbiysi bilan suhbatni ham e’lon qilgan.

Fabio Kannavaro o‘z suhbatida, "har bir jamoaning kuchli va zaif tomonlari bo‘lishi, o‘zlari esa ularning kuchli jihatlarini imkon qadar cheklab, zaif tomonlaridan foydalanishga intilishlari kerak"ligini aytgan.

U "hamma raqiblarni hurmat qilishlari va o‘zlariga ham hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini istashlari"ni ham ta’kidlagan.

Milliy terma jamoa Bosh murabbiysining aytishicha, "turnir yakunida odamlar O‘zbekistonni jahon chempionatida ilk bor qatnashayotgan, lekin kuchli jamoalardan qo‘rqmaydigan jamoa sifatida eslab qolishlarini istaydi".

O‘zbekiston guruhdagi so‘nggi – uchinchi tur uchrashuvini 28 iyun kuni Kongoga qarshi o‘tkazadi.

Futbolsevarlik bobida esa O‘zbekiston hatto Markaziy Osiyoning "Braziliya"siga qiyos berilgan gaplar ko‘p uchraydi.

Фабио Каннаваро
gettyimages
Turnir yakunida odamlar O‘zbekistonni jahon chempionatida ilk bor qatnashayotgan, lekin kuchli jamoalardan qo‘rqmaydigan jamoa sifatida eslab qolishlarini istayman.
Fabio Kannavaro
O‘zbekiston terma jamoasi Bosh murabbiysi (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Video: O‘zbekiston jahon chempionatining yangi sensatsiyasiga aylanadimi?

O‘tkazib yuboring YouTube post , 6
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 6

"Katta yutuq"mi?

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, O‘zbekistongacha qolgan biror bir Markaziy Osiyo davlati futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiqa olgan emas.

Guljan Turduboeva

Sport.kg portali mutaxassisi. Xalqaro sport jurnalisti:

"O‘zbekistonning Portugaliya bilan bir guruhda o‘ynashi katta yutuq.

Chunki Portugaliya tarkibida hozirgi zamonning eng mashhur futbolchisi — Krishtianu Ronaldu bor.

U o‘ynagan o‘yinlarni butun dunyo tomosha qiladi.

Agar O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliyani mag‘lub etsa ham, yengilsa ham, demak o‘zbek futbolchilari jahon skautlari, menejerlari va futbol mutaxassislari nazarini o‘ziga qaratadi.

Bu nafaqat o‘zbek futbolchilariga, balki butun Markaziy Osiyo futbolchilariga ham foyda keltiradi.

Dunyoda bu mintaqada ham futbol rivojlanib borayotganini bilishadi, Portugaliya bilan o‘ynaganini ko‘rib, ularga e’tibor berish kerak deb o‘ylashadi. Menejerlar bu yerga keladi.

"Janubiy Koreya effekti" degan tushuncha borligini bilamiz.

Aniq yili esimda yo‘q, Janubiy Koreya jahon chempionatida ishtirok etgandi.

Guruhdan chiqolmasa ham, yaxshi o‘ynagani uchun keyin jahon skautlari u yerga borishgan va Son Xin Min kabi mashhur futbolchilar paydo bo‘lgan.

Demak, bu imkoniyat O‘zbekiston uchun katta yutuq.

Bu faqat O‘zbekiston uchun emas, balki butun Markaziy Osiyo futbolining rivojlanishiga ham katta hissa bo‘ladi, deb o‘ylayman".