Eron urushi endi tugaydimi - AQSh qanday ishora bermoqda?

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Marko Rubioga ko‘ra, Erondan javob kelishi biroz vaqt olgan.
Published
O'qilish vaqti: 2 daq

AQSh va Eron muzokarachilari "o‘rtaga salmoqli narsani qo‘yishgan".

Davlat kotibi Marko Rubio urushni to‘xtatishga oid so‘nggi rivojlanishni shunday tasvirladi.

Unga ko‘ra, dushanba kuni ikki mamlakat kelishuvga erishishlari mumkin.

"Hamon ish olib borayapmiz" - degan Hindistonda safar qilayotgan Marko Rubio.

Polin Kola nazarda tutilayotgan kelishuv borasidagi so‘nggi xabarlarga nazar tashlaydi.

"Shoshmang"

Oldinroq Prezident Tramp muzokarachilarga "kelishuvga erishish uchun shoshish kerak emasligini" aytganini urg‘ulagandi.

Donald Tramp undan ham sal oldinroq esa kelishuvga oz qolganini bildirgandi.

Xabarlarga ko‘ra, kelishuv 60 kunlik otashkeism, ni uzaytirishni, Ho‘rmuz bo‘’g‘ozini qayta ochishni va Eron yadroviy dasturi bo‘yicha yana muzokaralar olib borishni ko‘zda tutardi.

Kelishuv umidi haqidagi ishora ortidan Osiyo birjalarida neft narxi keskin arzonladi.

"Bo‘g‘ozni ochish uchun salmoqli narsalar o‘rtaga qo‘yildi" - degan u Dehlidagi safari payti Ho‘rmuz bo‘g‘oziga ishora qilib.

Lindi Grem
BBC (skrinshot)
Har qanday kelishuv ortidan Eron mintaqadagi yetakchi kuch sifatida qabul qilinadi.
Lindsi Grem
AQSh senatori

Janob Rubio "Erondan javob kelishi biroz vaqt olganini" qayd etgan.

BBC hamkori bo‘lgan CBS News xabariga ko‘ra, Isroil hujumida yaralangan Eron Oliy diniy rahnamosi maxfiy joyda qolmoqda va shu bois muloqot olib borib qiyinlashib, tinchlikka erishish cho‘zilib ketmoqda.

O‘tgan dam olish kunlari gapirgan Eron Tashqi ishlar vazirligi voizi Ismoil Baqoiy esa taraflarning kelishuvga erishishlarini "ham juda yaqin va ham juda uzoq" ehtimol sifatida ta’riflagandi.

AQSh matbuotiga ko‘ra, aytilayotgan hozirgi kelishuv yakuniy qadam emas, balki eng nozik hamda bahsli masalalarni keyinroq muzokara qilishni nazarda tutadi.

Bular orasida, Eronga qarshi jazo choralarni yengillatishning vaqti hamda qamrovi, Eronning muzlatilgan pullarin ochish va Tehronning o‘z yadroviy rejalarini jilovlashga oid Vashington talablari bor.

Nazarda tutilgan kelishuv Prezident Trampning Respublikachi partiyasini ikkiga bo‘lmoqda.

Ayrimlar Eronga nisbatan juda yumshoq yo‘l tutilmoqda, deb hisoblashadi.

"Har qanday kelishuv ortidan Eron mintaqadagi yetakchi kuch sifatida qabul qilinadi" - degan Trampga yaqin senator Lindsi Grem - "Hayron qolasan, aslida nega o‘zi urush boshlangandi".

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Prezident Tramp yakshanba kuni Truth Social platformasidagi o‘z postida Eron yadroviy qurollarni rivojlantira olmasligini "tushunishi shart" deb yozgandi.

AQSh matbuotidagi ayrim xabarlarga ko‘ra, kelishuv yakunida Eron boyitilgan uranini topshirishga rozi bo‘lishi ham mumkin.

Tehron esa o‘z yadroviy dasturini tinchlik maqsadlarida, deb aytib keladi.